AsosiyJamiyat

Trump: “Tinchlik kengashi” Gazoga 5 mlrd dollar ajratadi

AQSh prezidenti kengash a'zolari G'azo sektorini tiklash va gumanitar yordam uchun milliardlab mablag' ajratish majburiyatini olganini ma'lum qildi.

'Trump: “Tinchlik kengashi” Gazoga 5 mlrd dollar ajratadi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump "Tinchlik kengashi"ga a'zo davlatlar G'azo sektorida gumanitar yordam ko'rsatish va vayron bo'lgan infratuzilmani tiklash ishlari uchun 5 milliard dollardan ortiq mablag' ajratishga kelishib olganini bildirdi. Bu haqda Oq uy rahbari Truth Social tarmog'ida yozib qoldirdi.

Uning aytishicha, ushbu majburiyat 19 fevral kuni Vashingtonda o'tadigan uchrashuvda rasman e'lon qilinadi.

Trump kengash BMT Xavfsizlik Kengashida G'azodagi mojaroni tugatish, gumanitar yordamni tezlashtirish va garovdagilarni ozod qilish bo'yicha reja qabul qilinishiga erishganini ta'kidladi. Shuningdek, u HAMAS to'liq va zudlik bilan demilitarizatsiya qilinishi kerakligini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Isroil tashabbusga qo'shilish bo'yicha kelishuvni imzolagani, Rossiya esa G'azoni tiklash uchun 1 milliard dollar ajratishga tayyorligini bildirgani xabar qilingandi.

Ayrim davlatlar esa qurolsizlantirish masalasidagi kelishmovchiliklar sabab mablag' ajratishni kechiktirmoqda.

    Boshqa yangiliklar