Vazir ta’kidlashicha, 27–30 yanvar kunlari uchta davlat idorasi tizimlariga kiberhujumlar sodir bo‘lgan. Ushbu holatni bartaraf etish uchun axborot infratuzilmalariga ruxsatsiz kirishlarga chek qo‘yilgan, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) foydalanuvchilarining parollari yangilangan va qo‘shimcha xavfsizlik choralarini kuchaytirish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan birga, shaxsiy ma’lumotlarni egasining roziligi bilan boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati joriy etilgan.
Rasmiy idoralar o‘z tizimlarida ma’lumotlar sizilishi holati aniqlanmaganini bildirgan. Statistika qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tizimlariga tashqi manbalar orqali buzib kirilmaganini ma’lum qilgan.






