AsosiyJamiyat

Chiqindidan qarzdor qarib 200 ming abonentning elektro to‘lovi cheklandi

O‘zbekistonda maishiy chiqindi xizmatidan qarzdor bo‘lgan 198 ming 858 nafar abonentning elektroenergiyasi uchun to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi.

'Chiqindidan qarzdor qarib 200 ming abonentning elektro to‘lovi cheklandi'ning rasmi

Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma'lum qilishicha, 5 fevral holatiga ko'ra, respublika bo'yicha chiqindilarni olib tashlash xizmatidan qarzdorlikning umumiy hajmi 108,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shu sababli 1 mln 174 ming 686 ta abonent "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning 2100 qisqa raqami orqali SMS xabarnoma bilan ogohlantirilgan.

Abonentlarga qarzni qoplash uchun 5 kun muddat berilgan bo‘lib, ushbu davrda 12,7 mlrd so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan. Biroq hozirda qoplanmay qolgan 15,8 mlrd so‘m qarzdorlik sababli 198 ming 858 ta abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yilgan.

Agentlikka ko'ra, qarzdorlik bartaraf etilgan zahoti cheklovlar darhol echiladi. Qonunchilikka muvofiq, har oyning 3-sanasi qadar qarzdorlar haqidagi ma'lumotlar "Toza makon" billing tizimidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tizimiga uzatiladi. Mazkur tartib 2025 yil 1 iyuldan keyin shakllangan qarzdorliklar uchun joriy etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston fuqarolarining maʼlumotlari “Darknet”da tarqalgani haqida izoh berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:35

    Oʻzbekiston fuqarolarining maʼlumotlari “Darknet”da tarqalgani haqida izoh berildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov kiberhujumlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda aytilgandek 15 million emas, 60 mingga yaqin fuqaroning ma’lumotlari tarqalganini ma’lum qildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:49

    'Qozog‘istonda 1 yoshli bolaning ichag‘idan 31 ta magnit olib tashlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:04

    Qozog‘istonda 1 yoshli bolaning ichag‘idan 31 ta magnit olib tashlandi.

    Olmotada 1 yosh 9 oylik bola 31 ta magnitni yutib yuborgani sababli shoshilinch operatsiya qilindi.

    'Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:16

    Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi

    Darakchi.uz marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

    'Fargʻonada 34 kishilik xalqaro firibgarlar guruhi fosh etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:08

    Fargʻonada 34 kishilik xalqaro firibgarlar guruhi fosh etildi.

    “Koll-markaz” niqobi ostida faoliyat yuritgan jinoyiy guruhiy Rossiyadagi minglab fuqarolarni aldab, qariyb 9,6 mln rublni o‘zlashtirgani aniqlandi.

    'Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portlashi ortidan ikki kishi jarohat oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:42

    Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portlashi ortidan ikki kishi jarohat oldi

    Viloyat hokimligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.