Ma’lum qilinishicha, bola shifoxonaga juda ogir ahvolda olib kelingan. Tekshiruvlar chog‘ida uning ingichka ichagida ko‘plab magnitlar borligi, ichakning bir nechta joyi teshilgani va qorin bo‘shlig‘ida yallig‘lanish rivojlangani aniqlangan.
Shifokorlar shoshilinch laparotomiya o‘tkazib, magnitlarni chiqarib olgan, shikastlangan ichak qismlarini tikkan va qorin bo‘shlig‘ini tozalab, drenaj o‘rnatgan. Mutaxassislarga ko‘ra, magnitlar alohida-alohida yutilgan bo‘lsa ham, ichak ichida bir-biriga tortilib, devorlarni qisib qo‘yadi. Bu esa qon aylanishi buzilishi, to‘qimalar nobud bo‘lishi va qisqa vaqt ichida peritonit rivojlanishiga olib keladi.
Shifokorlar hatto bitta magnit yutilganda ham zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish zarurligini ta’kidlamoqda.






