AsosiyJamiyat

Kolumbiya Prezidentiga ehtimoliy suiqasd rejasi fosh etildi

Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro unga qarshi suiqasd uyushtirish rejasi aniqlandi, bartaraf etilganini ma'lum qildi.

'Kolumbiya Prezidentiga ehtimoliy suiqasd rejasi fosh etildi'ning rasmi

Davlat rahbariga ko‘ra, u Kordova departamentiga uchib borayotgan paytda ehtimoliy hujumdan qochib qutulgan.

"El Tiempo" nashrining yozishicha, hujum prezident vertolyoti Karib dengizi sohiliga qo‘nishi rejalashtirilgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin edi. Petroning aytishicha, xavf sababli vertolyot belgilangan joyga qo‘na olmagan.

"Tan olishim kerak, o‘sha paytda suiqqasddan qochib yurgandim, shuning uchun vaqtida yetib bora olmadim. Belgilangan joyga qo‘na olmadik. Hatto qo‘nish chiroqlarini ham yoqishmadi", degan prezident.

Avvalroq Oq uyda Gustavo Petro va AQSh Prezidenti Donald Trump o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgani, undan so‘ng ikki davlat munosabatlari yumshagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Petro uchrashuvni 10 balldan 9 ballga baholagan.

    Boshqa yangiliklar