AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi

“O‘zgidromet” 11 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

'Bugun O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi'ning rasmi

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +8...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi -1...-6 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja sovuq, kunduzi 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, cho‘l hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +5...+10 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar