AsosiyDunyo

Afgʻonistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik yumshatildi

Afg‘onistonda qabul qilingan yangi qoidalarga ko‘ra, agar ayolga nisbatan kaltaklash og‘ir tan jarohatlariga olib kelmagan bo‘lsa, erkak javobgarlikka tortilmaydi.

'Afgʻonistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik yumshatildi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, Afg'onistonda joriy etilgan yangi reglamentga binoan, ayollarga nisbatan kaltaklash holatlari og'ir tan jarohatlari bilan yakunlanmagan taqdirda jinoyat sifatida baholanmaydi. Hujjatga ko'ra, ayol kishiga etkazilgan suyak sinishi yoki jiddiy jarohatlar uchun ham jazo muddati bor-yo'g'i 15 sutkani tashkil etadi.

Shu bilan birga, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun belgilangan jazo ayollarga nisbatan zo'ravonlik uchun ko'zda tutilgan jazodan o'n barobar og'ir ekani qayd etilmoqda.

Qayd etilishicha, zo'ravonlik faktini isbotlash va erkakning aybini sudda tasdiqlash majburiyati to'liq jabrlanuvchi ayol zimmasiga yuklatilgan. Huquq himoyachilari mazkur normalar ayollar huquqlarini jiddiy ravishda cheklashi va jazosizlikka olib kelishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar