Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, klubga kirgan yigit bolalar bilan yomon ohangda suhbatlashgan. Oqibatda janjal kelib chiqib, u oldidagi pichoq bilan ikki o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasining 2-qismi — ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda yigit qamoqqa olingan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 17 yoshli o‘smir o‘z tanishiga pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi.






