AsosiyJamiyat

Qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish, sohada ilm-fanni rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

'Qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi'ning rasmi

Taqlidotda so‘nggi besh yilda 826,5 ming gektar yer qishloq xo‘jaligi foydalanishiga kiritilgani, 2030 yilgacha yana 938 ming gektar yaylovlarni o‘zlashtirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. 2026–2027 yillarda 620 ming gektar yaylov tiklanib, chorvachilik hajmini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 22 ta ilmiy markaz va 260 ta laboratoriyani Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga birlashtirish taklif etildi. Biotexnologiya, gen injeneriyasi, raqamli va "aqlli" qishloq xo‘jaligi ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Taqlidotda kadrlar tayyorlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Universitet ta’limi, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, talabalarni amaliyotga keng jalb qilish vazifalari belgilab berildi.

Prezident muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddidlarga tegishli topshiriqlar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentdagi kompyuter klubida janjal: 2 o‘quvchi pichoqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:59

    Toshkentdagi kompyuter klubida janjal: 2 o‘quvchi pichoqlandi

    Olmazor tumanida 19 yoshli yigit klubda salom bermagani sababli ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchini pichoqladi. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

    '“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasi Barsa mukofotiga sazovor bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:52

    “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasi Barsa mukofotiga sazovor bo‘ldi

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Yangi Oʻzbekiston — Yangi Renessans poydevori” multimediaviy ekspozitsiyasini amalga oshirgani uchun xalqaro texnologik kompaniya Barsco tomonidan nufuzli sohaviy mukofot bilan taqdirlandi.

    '"Qobiljon ishi": Moskva Dushanbe tomoniga tergov jarayoni haqida axborot berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:38

    "Qobiljon ishi": Moskva Dushanbe tomoniga tergov jarayoni haqida axborot berdi

    Россия томони Москвада ҳалок бўлган 10 ёшли тожик бола Қобилжон Алиев иши бўйича тергов қандай кетаётгани ҳақида Тожикистон ҳукуматини хабардор қилди.

    '70 yoshli erkak nabirasini zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:31

    70 yoshli erkak nabirasini zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi

    Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida 70 yoshli erkak 14 yoshli nabirasini zoʻrlashda gumonlanib qoʻlga olindi.

    'Metropolitenda harakat xavfsizligi qoidalarini buzganlar jarimaga tortiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:17

    Metropolitenda harakat xavfsizligi qoidalarini buzganlar jarimaga tortiladi

    Metropoliten va temiryo‘l transportida harakat xavfsizligi talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi.

    'Zelenskiy: Rossiyaning energetika ob'ektlari Ukraina uchun qonuniy harbiy nishon'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:45

    Zelenskiy: Rossiyaning energetika ob'ektlari Ukraina uchun qonuniy harbiy nishon

    Украина президенти Володимир Зеленскийнинг таъкидлашича, Россиянинг ҳарбий объектлари ҳамда энергетика тизими Украина учун бир хил қонуний ҳарбий нишон ҳисобланади.