Hindiston shimolidagi Faridobod shahridagi Surajkund yarmarkasida attraksionning qulashi aks etgan video internetda paydo bo‘ldi.
Kadrlarda "Sunami" attraksioni to‘liq ishlayotgan paytda inshootning tayanch ustunlaridan biri qulab tushganidan so‘ng, yarmarkaga tashrif buyuruvchilar ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qulagani ko‘rsatilgan.
India Today nashriyotining yozishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 18:15 da sodir bo‘lgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga olib ketilgan. Politsiya inspektori odamlarni qutqarishga urinayotganda, attraksionning bir qismi ofitserning yuziga tegib ketgan. Oqibatda u vafot etgan. 13 kishi jarohatlangan.
Attraksion operatoriga qarshi jinoyiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tuman ma’muriyati xodimlari tez orada voqea joyiga yetib kelishgan. Keyingi voqealarning oldini olish uchun hudud o‘rab olingan.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






