AsosiyJamiyat

Bugun havo harorati 9-11 daraja iliq bo‘ladi

7 fevral kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun havo harorati 9-11 daraja iliq bo‘ladi'ning rasmi
O‘zgidrometning xabar berishicha, 7 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.  Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esaotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi.  Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi havfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.  Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 4 daraja sovuq, 1 daraja iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar