O‘zbekiston Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omonov boshchiligidagi delegatsiya Pokistonga tashrif buyurib, Pokiston Temir yo‘llar vaziri o‘rinbosari Mazhar Ali Shoh bilan uchrashdi.
Uchrashuvda transport-logistika sohasida mintaqaviy bog‘liqlikni mustahkamlash, yangi yo‘laklar yaratish va yuk tashish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar "O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" temir yo‘li loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Yangi "Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" transport koridori bo‘yicha pilot tashishlar joriy yil fevral oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.






