AsosiyJamiyat

Fayzullayev va Shomurodov gollari “Istanbul Başakşehir”ga Turkiya kubogida gʻalaba keltirdi

“İstanbul Başakşehir” Turkiya kubogi doirasida “Fotih Karagümrük”ga qarshi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi.

'Fayzullayev va Shomurodov gollari “Istanbul Başakşehir”ga Turkiya kubogida gʻalaba keltirdi'ning rasmi

Uchrashuvda jamoa muvaffaqiyatiga O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari — Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov o‘z gollari bilan munosib hissa qo‘shdi. Fayzullayev bahsning 8-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. 22-daqiqada esa Shomurodov "Bashakshehir"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Biroq oradan uch daqiqa o‘tib, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda ham mehmonlar ustunlikni saqlab qoldi. 50-daqiqada Miguel Krespo uchinchi golni kiritgan bo‘lsa, 65-daqiqada Ivan Brinich hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuvning 79-daqiqasida "Fotih Karagumruk"ning yagona goliga Abdulqodir Mussa Kone mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Istanbul Bashakshehir" ochkolarini 6 taga yetkazib, Turkiya kubogining "A" guruhida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa navbatdagi o‘yinini 2 mart kuni "Trabzonspor"ga qarshi o‘tkazadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:53

    'Oʻzbekiston va Pokiston yangi xalqaro transport yoʻlagini ishga tushiradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:27

    Oʻzbekiston va Pokiston yangi xalqaro transport yoʻlagini ishga tushiradi

    O‘zbekiston va Pokiston fevral oyida "Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" yo‘nalishi bo‘yicha ilk pilot yuk tashishlarni amalga oshiradi.

    'Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy ogohlantirish joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:22

    Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy ogohlantirish joriy etildi

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish qo‘llanilishi mumkin.

    'Xorazmda keliniga tajoʻzlik qilgan qaynota 10 sutkaga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:59

    Xorazmda keliniga tajoʻzlik qilgan qaynota 10 sutkaga qamaldi

    Xorazm viloyatida keliniga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan hamda himoya buyrugʻi talablarini buzgan erkak maʼmuriy qamoqqa olindi.

    'Toshkent va Qashqadaryoda umraga yuborishni va'da qilib, fuqarolarni aldagan shaxslar ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:04

    Toshkent va Qashqadaryoda umraga yuborishni va'da qilib, fuqarolarni aldagan shaxslar ushlandi.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tegishli tartibda tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:32

    Ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin

    "O'zgidromet" 5 fevral kuni respublika bo'ylab kuchli shamol va chang-to'zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida tezkor ogohlantirish berdi.