AsosiyJamiyat

Fargʻonada islohotlar samarasi va yangi vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishsizlik va qashshoqlikni qisqartirish hamda investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

'Fargʻonada islohotlar samarasi va yangi vazifalar muhokama qilindi'ning rasmi

Yig‘ilishda so‘nggi yillarda viloyatda iqtisodiyot diversifikatsiyasi, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida barqaror o‘sishga erishilgani ma’lum qilindi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 2017 yilda 7 mln so‘mdan 2025 yilga kelib 26,6 mln so‘mga oshgan. Shu bilan birga, 519 ming nafar aholi bandligi ta’minlanib, 53 ming oila kambag‘allik ro‘yxatidan chiqarilgan.

Farg‘ona uchun umumiy qiymati 8,2 mlrd dollarlik yangi investitsiya loyihalari paketi shakllantirildi.

Joriy yilda 4,2 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan, shu jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va IT sohalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Davlat rahbari barcha loyihalar aholi bandligi va turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar