AsosiyDunyo

Qaddafiyniнг ўғли Либияда ҳалок бўлди

Arab ommaviy axborot vositalarining yozishicha, voqea G‘arbiy Libiyada, Zintan shahri yaqinida joylashgan qarorgoh hududida sodir bo‘lgan.

'Qaddafiyniнг ўғли Либияда ҳалок бўлди'ning rasmi

Sayf al-Islom Qaddafiy mamlakatta sodir boʻlgan qurolli toʻqnashuvlar chogʻida halok boʻldi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.

Arab ommaviy axborot vositalarining yozishicha, voqea Gʻarbiy Libiyada, Zintan shahri yaqinida joylashgan qarorgoh hududida sodir boʻlgan.

Manbalarga koʻra, Sayf al-Islom oʻz uyining bogʻida qurollangan shaxslar bilan otishma vaqtida oʻldirilgan. Bu maʼlumot Qaddafiy oilasiga yaqin manba va uning vakili tomonidan ham tasdiqlangan.

Libiyaning Al Ahrar telekanali xabar berishicha, hujumni toʻrt nafar qurollangan shaxs amalga oshirgan. Ular Sayf al-Islomga jarohat yetkazgach, voqea joyidan yashiringan. Qaddafiyga yaqin siyosiy guruhlar hujumchilar avval qarorgohdagi kuzatuv kameralarini ishdan chiqarganini maʼlum qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Sayf al-Islom qurollangan shaxslarga qarshilik koʻrsatgan va mahalliy vaqt bilan soat 14:30 atrofida halok boʻlgan. Ayni paytda uning jasadini olib chiqish boʻyicha maxsus operatsiya tashkil etilgan. Manbalar hodisa tushdan keyin boshlangan toʻqnashuvlar fonida yuz berganini qayd etmoqda.

Al-Hadat telekanali avvalroq ayrim Libiya OAVlari Sayf al-Islom Libiya Milliy Birlik Hukumatiga qarashli 444-jangovar brigada bilan boʻlgan jangda halok boʻlgani haqida xabar tarqatganini yozgan. Biroq brigada bu maʼlumotni rad etib, Zintan shahri yoki uning atrofida oʻz harbiy boʻlinmalari yoʻqligini va hodisaga aloqador emasligini bildirgan.

Maʼlumot uchun, Sayf al-Islom Qaddafiy 1972 yil 25 iyunda tugʻilgan. U 2011 yilda halok boʻlgan Muammar Qaddafiyning ikkinchi oʻgʻli hisoblanadi. 1990-yillar oxirida u Qaddafiy xalqaro xayriya va hamkorlik jamgʻarmasi faoliyatiga rahbarlik qilgan, bir qator xalqaro muzokaralarda ishtirok etgan.

2011 yilda Libiyadagi fuqarolar urushi davriida qoʻzgʻolonchilar tomonidan qoʻlga olingan Sayf al-Islom 2015 yilda oʻlim jazosiga hukm qilingan, ammo 2017 yilda umumiy amnistiya asosida ozod etilgan edi. 2021 yilda esa Libiya prokuraturasi uning hibsga olinishi boʻyicha order chiqargan.

Muammar Qaddafiy 42 yil davomida Libiyani boshqargan. 2011 yilda u NATO tomonidan qoʻllab-quvvatlangan muxolifat harakatlari fonida hokimiyatdan agʻdarilib, Sirt shahri yaqinida halok boʻlgan. Shundan soʻng mamlakatta siyosiy beqarorlik va raqobatdagi maʼmuriyatlar mavjud boʻlib qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pezeshkian AQSh bilan muzokaralarni boshlashga topshiriq berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:36

    Pezeshkian AQSh bilan muzokaralarni boshlashga topshiriq berdi

    Эрон Президенти Масъуд Пезешкиён АҚШ билан эҳтимолий музокараларга тайёргарлик ишлари бошланганини маълум қилди.

    'Rossiyada 9-sinf o‘quvchisi maktabda o‘q uzdi'ning rasmi

    Dunyo 03.02.2026 10:24

    Rossiyada 9-sinf o‘quvchisi maktabda o‘q uzdi

    Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

    'Rossiyada 13 yoshli bola hammomda telefon ishlatib halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 03.02.2026 06:50

    Rossiyada 13 yoshli bola hammomda telefon ishlatib halok boʻldi

    Elektr xavfsizligi qoidalari yana bir bor hayot evaziga esga solindi.

    'Eron EI elchilariga ogohlantirish yubordi'ning rasmi

    Dunyo 03.02.2026 05:03

    Eron EI elchilariga ogohlantirish yubordi

    Теҳрон Брюссел қарорини очиқ таҳдид деб баҳоламоқда.

    'AQShda xitoylik xodimlar hibsga olinishi Pekin noroziligiga sabab boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 02.02.2026 17:09

    AQShda xitoylik xodimlar hibsga olinishi Pekin noroziligiga sabab boʻldi

    Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShda xitoy kompaniyalari xodimlarining asossiz hibsga olinishi va soʻroq qilinishiga qarshi keskin norozilik bildirdi.