Rossiyaning Ufa shahrida joylashgan 16-gimnaziyada 9-sinf o‘quvchisi o‘qituvchi va sinfdoshlariga qarata o‘q uzdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 3 fevral kuni soat 11:00 atrofida sodir bo‘lgan. O‘quvchilardan biri darsga plastik pnevmatik avtomat bilan kirib, o‘qituvchi va uch nafar sinfdoshiga bir necha marta o‘q uzgan, shuningdek, petarda portlatgan.
Hodisa haqida xabar kelib tushgach, voqea joyiga politsiya, Rosgvardiya va boshqa tezkor xizmatlar yetib borgan. 15 yoshli o‘smir zudlik bilan qo‘lga olingan. Voqea joyiga Boshqirdiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Aleksandr Voronejskiy ham borgan.
Boshqirdiston rahbari Radiy Habirovning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda voqeaning barcha holatlari o‘rganilmogda.






