AsosiyJamiyat

Yaponiya okean tubidan nodir yer elementlarini topdi

Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu hududda 16 million tonnadan ortiq noyob yer elementlari mavjud bo‘lishi mumkin.

'Yaponiya okean tubidan nodir yer elementlarini topdi'ning rasmi

Yaponiya tadqiqot missiyasi Tinch okeanning 6000 metr chuqurligida noyob yer elementlarini o‘z ichiga olgan qatlamlarni aniqdladi. Bu haqda 2 fevral kuni Tokiodagi hukumat ma’lum qildi.

Namuna olish ishlari "Chikyu" kemasi yordamida amalga oshirildi. Kema dekabr oyida Yaponiya tegishli Minamitori oroli atrofidagi hududga yo‘l olgan edi.

Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu hududda 16 million tonnadan ortiq noyob yer elementlari mavjud bo‘lishi mumkin. Agar bu tasdiqlansa, kon dunyodagi eng yiriklaridan biriga aylanadi.

Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) ilmiy xodimi Takahiro Kamisuna ta’kidlashicha, bu topilmalar Yaponiyaaga sanoat tarmoqlari uchun ichki ta’minot zanjirini mustahkamlash va Xitoyga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishga yordam beradi.

Shuni eslatib o‘tamizki, 2025 yil noyabrida Xitoy Yaponiyaaga ba’zi noyob yer elementlari eksportini cheklagan edi. Noyob yer elementlari – yuqori texnologiyali qurilmalar, radioelektronika va asbobsozlik sohalari uchun muhim bo‘lgan 17 ta kimyoviy elementdan iborat guruhdir.

Hozirgi kunda eng katta zahiralar Xitoyda (44 mln tonna) mavjud bo‘lib, undan keyin Vyetnam, Braziliya, Rossiya va Grenlandiya turadi.

    Boshqa yangiliklar