AsosiyBu qiziq

Oʻzbekiston "International IQ Test" reytingida 75-oʻrinni egalladi

Бу кўрсаткич ўтган йилга нисбатан бироз пасайган.

'Oʻzbekiston "International IQ Test" reytingida 75-oʻrinni egalladi'ning rasmi

2026 yil boshiga mo‘ljallangan  “International IQ Test”reytingida O‘zbekiston 96,51 ball bilan dunyo bo‘yicha 75-pog‘onadan joy oldi. 

“International IQ Test” tashkiloti e’lon qilgan yangi reytingda Sharqiy Osiyo mamlakatlari yetakchilikni saqlab qoldi: Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya kuchli uchlikdan joy oldi. O‘zbekiston nomidan testda 4 671 nafar ishtirokchi qatnashgan.

Markaziy Osiyoda Qozog‘iston 80-, Qirg‘iziston 93-, Tojikiston esa 101-o‘rinda qayd etildi. Turkmaniston ishtirokchilar soni kamligi sabab umumiy ro‘yxatga kiritilmadi.

Reyting natijalari mantiqiy shakl va rasmlar asosidagi topshiriqlar orqali aniqlandi bo‘lib, til yoki madaniy omillar hisobga olinmagan.

Mutaxassislar mamlakatlar o‘rtasidagi farqlarga ta’lim sifati, ovqatlanish, intellektual mashg‘ulotlar hamda sog‘liq bilan bog‘liq omillar ta’sir qilishini qayd etmoqda.

Shu bilan birga, test faqat internet foydalanuvchilari orasida o‘tkazilgani va IQ ko‘rsatkichi ijodkorlik yoki muloqot qobiliyatini emas, asosan mantiqiy fikrlashni baholashini unutmaslik kerak.

    Boshqa yangiliklar