AsosiyJamiyat

Ramos endi raqibini urgani bilan ham kartochka olmaydigan kasb topdi

"Real Madrid"ning sobiq sardori Serxio Ramos futbol maydonini tark etdi va endilikda ringga ko‘chdi. 39 yoshli futbolchi blogger va kikbokschi Endryu Teyt bilan boks jangida ishtirok etadi.

'Ramos endi raqibini urgani bilan ham kartochka olmaydigan kasb topdi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, jang Misfits Boxing tomonidan tashkil qilingan. U 22 avgust kuni Qatar poytaxti Dohadagi "Lusail" stadionida bo'lib o'tadi. Musobaqa 88,5 kg vazn toifasida o'tkaziladi va uch daqiqalik olti raunddan iborat.

Ramos hozirda klubsiz. Uning so'nggi jamoasi Meksikaning "Monterrey" jamoasi bo'lib, u 2025 yil oxirida klubni tark etgan. 2005-2021 yillarda Ramos "Real Madrid" sharafini himoya qilib, klub bilan beshta Ispaniya chempionligi va to'rtta Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritgan. 2021-2023 yillarda esa "Pari Sen-Jermen" safida ikki marta mamlakati chempioni bo'lgan.

Shuningdek, Ramos Ispaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi Jahon chempionati va ikki Yevropa chempionligini (2008 va 2012) qo'lga kiritgan. Endi u o'zini boks ringida sinab ko'radi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Кореядаги ёнғин: Ўзбекистон фуқароси бедарак йўқолди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:25

    Кореядаги ёнғин: Ўзбекистон фуқароси бедарак йўқолди

    Yomg‘ir vaqtida zavodda ishlayotgan 83 nafar xodimdan 81 nafari o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan.

    'Oʻzbekistonning qator togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:02

    Oʻzbekistonning qator togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

    “O‘zgidromet” ma’lum qilishicha, 31 yanvar hamda 1–3 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sabab respublika tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.

    'Buxorodagi ikki qavatli uyda gaz portladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:42

    Buxorodagi ikki qavatli uyda gaz portladi

    Ҳодиса оқибатида 2 нафар фуқаро оғир жарҳат олган ва шифохонага жўнатилган.

    'Soxta kosmetologlar yer toʻlasida jarrohlik qilgan'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:14

    Soxta kosmetologlar yer toʻlasida jarrohlik qilgan

    Toshkentning Chilonzor tumanida noqonuniy kosmetologiya faoliyati bilan shug‘ullangan er-xotin sud hukmi bilan jazolandı.

    'Farg‘onada 2,7 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:18

    Farg‘onada 2,7 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

    Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qirg‘izistondan noqonuniy olib kirilgan minglab kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi.

    'Oʻzbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara saroyi” muzeyiga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.01.2026 15:57

    Oʻzbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara saroyi” muzeyiga tashrif buyurdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an bilan birga Anqaradagi “Anqara Palas” muzeyini tomosha qildi.