Kanada hamda AQSh aktrisasi, rejissyor va ssenarist Keterin O‘Hara 71 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, aktrisa 30 yanvar kunі Los-Anjelesdagi uyida qisqa davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan.
Keterin O‘Hara 1954 yil 4 mart kunі Toronto shahrida tug‘ilgan. U ilk bor 1979 yilda Canada After Dark teleko‘rsatuvida ekranga chiqqan. Faoliyatining dastlabki yillarida asosan multfilmlarni ovozlashtirish bilan shug‘ullangan.
Aktrisa 1990 yilda suratga olingan «Yolg‘iz uyda» hamda 1992 yilgi "Yolg‘iz uyda 2: Nyu-Yorkda yo‘qolib qolgan" filmlari orqali keng tanilgan. U mazkur kartinalarda Makaley Kalkin ijro etgan Kevin Makkallisterning onasi obrazini gavdalantirgan.
Shuningdek, u "Bitljus" filmi va uning 2024 yilda chiqarilgan davomida Deliya Ditz rolini ijro etgan. Aktrisaning boshqa mashhur ishlari qatorida "After Hours", "Best in Show" filmlari, shuningdek "Schitt’s Creek", "The Last of Us" va "The Studio" seriallari bor.
Qariyb 50 yillik ijodiy faoliyati davomida Keterin O‘Hara ikki marta "Emmy", "Oltin globus" mukofoti hamda Kinoaktorlar gildiyasining ikki sovrinini qo‘lga kiritgan.






