AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara saroyi” muzeyiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an bilan birga Anqaradagi “Anqara Palas” muzeyini tomosha qildi.

'Oʻzbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara saroyi” muzeyiga tashrif buyurdi'ning rasmi

Tarixiy markazda joylashgan, qariyb asrlik me’moriy obida Turkiyaning boy madaniy va san’at merosini aks ettiruvchi noyob eksponatlar namoyish etilmoqda.

Muzeyda to‘qimachilik buyumlari, chinni ashyolar, qo‘lyozmalar, diplomatik sovg‘alar, Mustafo Kamol Otaturkka tegishli shaxsiy buyumlar hamda Usmoniylar va respublika davriga oid eksponatlar o‘rin olgan.

Shuningdek, Buxoro hunarmandlari tomonidan yaratilgan asarlar xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalardan dalolat beradi.

Tashrif davomida mehmonlarga an’anaviy kashtachilik, sopol buyumlarga naqsh chizish, qo‘g‘irchoq yasash jarayonlari namoyish etildi. Ziroat Mirziyoyeva madaniy asrash va avlodlarga yetkazish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, tomonlar gumanitar va madaniy hamkorlikni kengaytirish xalqlarni yanada yaqinlashtirishda muhim omil ekani qayd etdilar.

    Boshqa yangiliklar