AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida yana 19 ta kassa yopiladi

1-fevraldan boshlab poytaxtning 19 ta metro bekatida kassalar faoliyati to‘xtatiladi, ular o‘rniga QR-chiptalarni beruvchi infokioskalar o‘rnatiladi.

'Toshkent metrosida yana 19 ta kassa yopiladi'ning rasmi

Toshkent metropoliteni yo‘lkiralar to‘lash tizimini yanada qulay qilish maqsadida “Yangi hayot”, “Serheli”, “O‘zgarish”, “Choshtepa”, “Milliy bog‘”, “Mustaqillik maydoni”, “Amir Temur xiyoboni”, “Pushkin”, “Do‘stlik”, “Avyasozlar”, “Toshkent”, “Oybek”, “Kosmonavtov”, “O‘zbekiston”, “G‘afur G‘ulom”, “Chorsu”, “Turkiston”, “Shahriston” va “Bodomzor” bekatlarida kassalarni bosqichma-bosqich yopishni boshlaydi.

Yo‘lovchilar uchun bank kartalari, transport kartalari, Face ID, PalmPay va mobil ilovalar orqali to‘lov kabi o‘ndan ortiq zamonaviy usullar mavjud. Keyingi bosqichlarda yo‘lovchilar fikrlari asosida qolgan bekatlarda ham kassalar yopilishi rejalashtirilgan.

Kassa operatorlari esa bepul qayta tayyorlash kurslari orqali boshqa sohalarda ishga joylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar