AsosiyJamiyat

Toshkent havo iflosligi bo‘yicha yana dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.

30 yanvar kuni Toshkent shahri yirik megapolislar orasida havo ifloslanishi darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

'Toshkent havo iflosligi bo‘yicha yana dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.'ning rasmi

IQAir portali ma’lumotlariga ko‘ra, soat 11:00 holatida poytaxt havosi dagi PM2.5 mayda zarrachalar kontsentratsiyasi 184,5 mkg/m³ ni tashkil etgan.

Mutaxassislar bunday sharoitda aholiga zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni, nafas yo‘llari kasalliklariga chalangan fuqarolarga esa tibbiy niqobdan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

Shuningdek, uyga kirgandan so‘ng yuz-qo‘llarni yaxshilab yuvish, xonalarni nam latta bilan tozalash, eshik-derazalarni mahkam yopish hamda xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

    Boshqa yangiliklar