AsosiyJamiyat

Toshkent va Namanganda qator korrupsion jinoyatlar fosh etildi

Mansabdorlardan biri pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan, yana bir holatda esa hokim yordamchisi yer masalasida firibgarlik qilgan.

'Toshkent va Namanganda qator korrupsion jinoyatlar fosh etildi'ning rasmi

Toshkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalanib, pudratchi tashkilot foydasiga qor chiqartirish evaziga 7 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, u “Shaffof qurilish” tizimi orqali 2 mlrd 73 mln so‘mlik kapital ta’mirlash obyekti bo‘yicha 1,1 mlrd so‘m bonak o‘tkazib bergani uchun avval 2 ming dollar, keyin esa penya undirish haqidagi da’vodan voz kechitirish evaziga yana 5 ming dollar olgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tuman bo‘limlaridan birining rahbari ko‘p yillik daraxtlarni kesishga ruxsat berish evaziga 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan uslandi. Ushbu mansabdorga nisbatan ham pora olish moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.

Namangan viloyati Pop tumanida esa mahalla hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yer maydonini olib berishni va’da qilib, tadbirkordan 4500 AQSh dollari olgan. Keyinchalik va’da qilingan ishni bajara olmaganligi sabab mablag‘ning bir qismini qaytargan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uslandi. Hozirda unga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Бугун Ислом Каримов таваллуд топган кун'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:07

    Бугун Ислом Каримов таваллуд топган кун

    Agar, Karimov tirik bo‘lganida bugun 88 yoshni qarshi olar edi.

    'AQShda favqulodda holat e'lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:13

    AQShda favqulodda holat e'lon qilindi

    Donald Trump Kubadan kelayotgan tahdidni bahona qilib, mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy etdi.

    'Turkiyada “O‘zbekiston” turarjoy majmuasi ochildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:43

    Turkiyada “O‘zbekiston” turarjoy majmuasi ochildi

    Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdoʻgʻon Hatoy viloyatida Oʻzbekiston tomonidan barpo etilgan turarjoy majmuasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi'ning rasmi

    Jamiyat 29.01.2026 13:29

    Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi

    Anqarada oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

    'Kolumbiyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.'ning rasmi

    Jamiyat 29.01.2026 11:54

    Kolumbiyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.

    Halokatga uchragan samolyot bortida 15 nafar ekipaj a'zosi va yo'lovchi bo'lgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 29.01.2026 10:02