AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda universitetga kirishda B1 darajali sertifikatga ham imtiyoz beriladi

Chet tili 1-fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.

'Oʻzbekistonda universitetga kirishda B1 darajali sertifikatga ham imtiyoz beriladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul endilikda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarga qabul jarayonida sertifikatga ega abiturientlarga quyidagi tartibda ball beriladi: — B1 darajadagi sertifikat uchun mazkur fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi; — B2 va undan yuqori daraja uchun esa fan bo‘yicha to‘liq maksimal ball beriladi.

Ma’lumot uchun, avval mazkur ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish faqat kamida B2 darajadagi sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilar edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    'FVV Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    FVV Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini sumalaklar va tomdan tushishi mumkin bo‘lgan muz bo‘laklaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

    '2025 йилда меҳнат қонунчилиги энг кўп бузилган соҳалар маълум қилинди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:58

    2025 йилда меҳнат қонунчилиги энг кўп бузилган соҳалар маълум қилинди

    Davlat mehnat inspektsiyasi maʼlumotiga koʻra, yil boshidan buyon qurilish, taʼlim va tibbiyot sohalarida minglab qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

    'Putin Suriya yetakchisini hududiy yaxlitlikni tiklayotgani bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:44

    Putin Suriya yetakchisini hududiy yaxlitlikni tiklayotgani bilan tabrikladi

    Москвада ўтаётган Россия–Сурия учрашувида ўзаро ҳамкорлик ва ҳарбий масалалар муҳокама қилинмоқда.

    'Эрон Исроил фойдасига жосуслик қилган шахсни қатл этди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:32

    Эрон Исроил фойдасига жосуслик қилган шахсни қатл этди

    Eronda Mossad razvedka xizmati bilan aloqada bo‘lganlikda ayblangan erkakka nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi.

    'Navoiyda noqonuniy oltin qazib olishga chek qo‘yildi.'ning rasmi

    Jamiyat 28.01.2026 14:53

    Navoiyda noqonuniy oltin qazib olishga chek qo‘yildi.

    Davlat boshqaruvidagi yerlarda noqonuniy oltin qazib olish va kimyoviy qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi uyushgan jinoyiy guruh faoliyati toʻxtatildi.