Vazirlik nimalarga ahamiyat qaratish kerakligini ta'kidladi?
“Qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomlari baland uylarga yaqinlashmang va bolalarning bunday joylarda o‘ynashi va bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang;
Agarda xavfli joyda panjarasi, ogohlantiruvchi belgilari mavjud bo‘lsa, ulardan o‘tishga urinmang, xavfli joyni boshqa yo‘l bilan aylanib o‘ting;
Quloqchin taqqan holda ko‘chada yurmang, tomdan tushayotgan qor massalari shovqinini eshitmasligingiz mumkin;
Piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanayotganda, yuqori qavatlarida shubhali shovqinni eshitsangiz, to‘xtamasligingiz kerak, boshigingizni ko‘taring va u yerda nima bo‘lganini o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, bu qor massalari yoki sumalak va muzlar tushayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda qochib keta olmaysiz, imkon qadar tezroq bino devoriga yopishishingiz kerak, bu xavfsiz bo‘lishga xizmat qiladi;
Avtotransport vositalarini tomi baland binolar yoki tepasida qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lgan inshootlar yaqiniga qo‘ymang;
Agar odam tomdan tushgan qor massalari, sumalak va muzlar tufayli jarohatlansa, darhol tez yordam chaqirish kerak”, deyiladi vazirlik xabarida






