DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘lishicha, guruh xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilib, soliq, geologiya va ekologik qonunchilikni buzgan holda faoliyat yuritgan. Jinoyiy guruhga Karmana tumanidagi sport sohasiga ixtisoslashgan MCHJ rahbari rahbarlik qilgan.
Tadbirda qonunbuzarlardan 17,2 kg oltin va kumush qorishmasi, 20 kg yarim tayyor oltin mahsuloti, tarkibida oltin zarrasi bo‘lgan 250 kg boyitilgan ko‘mir hamda 280 tonnadan ortiq qum va rudalar, 230 litr maxsus kimyo vositalari va oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan laboratoriya va jihozlar musodara qilindi. Shuningdek, qonuniy nazoratsiz sun’iy hovuzlarda oltinni qazib olish uchun mo‘ljallangan kimyo vositalari bilan to‘ldirilgan maydonlar ham aniqlandi.
Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan va tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tadbir davomida qonun ustuvorligi va davlat zahiralari muhofazasi ta’minlandi.






