AsosiyJamiyat

Fransiyada davlat xizmatchilariga Google Meet va Zoom taqiqlandi

Endilikda barcha davlat xizmatchilari videokonferensiyalar uchun tashqi platformalar o‘rniga faqat Fransiyada ishlab chiqilgan Visio tizimidan foydalanishi shart bo‘ladi.

'Fransiyada davlat xizmatchilariga Google Meet va Zoom taqiqlandi'ning rasmi

Fransiya hukumatı davlat xizmatchilariga tegishli ishlar uchun AQShga tegishli videomuloqot platformalaridan — Google Meet, Zoom va Microsoft Teams’dan foydalanishni taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda Zamon.uz nashri ma’lum qildi.

Qaror Yevropada davlat tuzilmalarining AQSh texnologiyalariga haddan tashqari bog‘lanib qolayotgani borasidagi xavotirlar kuchayib borayotgan bir paytda qabul qilindi.

Bosh vazir devoni tayyorlagan rasmiy ko‘rsatmaga ko‘ra, endilikda barcha davlat xizmatchilari Fransiyaning o‘zida ishlab chiqilgan Visio videokonferensiya tizimidan foydalanishi shart bo‘ladi. Ushbu platforma Hukumatning idoralararo raqamli boshqarmasi (Dinum) tomonidan yaratilgan bo‘lib, Fransiyaning Outscale kompaniyasi infratuzilmasida ishlaydi. Hujjat yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Davlat islohoti vaziri David Amiel yakshanba kuni Fransiya 2027 yilgacha to‘liq milliy videomuloqot platformasiga o‘tishni maqsad qilganini bildirgan edi. Avvalroq, 2025 yil yozida ham hukumat WhatsApp va Telegram’dan foydalanishni cheklab, davlat xizmatchilarini faqat Tchap nomli maxsus messenjerga o‘tkazgan edi.

Ayni paytda Visio tizimidan 40 mingga yaqin xodim, jumladan aksariyat vazirliklar va Fransiya Milliy ilmiy tadqiqotlar markazi foydalanmoqda. Dinum foydalanuvchilar sonini 250 ming nafarga yetkazishni rejalashtirgan. Shuningdek, idora o‘tish jarayoniga rioya etilishini nazorat qiladi va kelgusida davlat internet tarmog‘i orqali boshqa xorijiy videoplatformalarga kirishni texnik jihatdan cheklashi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Navoiyda noqonuniy oltin qazib olishga chek qo‘yildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:53

    Navoiyda noqonuniy oltin qazib olishga chek qo‘yildi.

    Davlat boshqaruvidagi yerlarda noqonuniy oltin qazib olish va kimyoviy qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi uyushgan jinoyiy guruh faoliyati toʻxtatildi.

    'Prezident Turkiyaga ketadigan bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:03

    Prezident Turkiyaga ketadigan bo‘ldi

    Xo'sh, O'zbekiston yetakchisi nima uchun Turkiyaga boradi?

    'Prezidentning organdagi tozalashidan keyin kimlar keldi-yu kimlar ketdi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:21

    Prezidentning organdagi tozalashidan keyin kimlar keldi-yu kimlar ketdi?

    Darakchi.uz yangi tayinlovlar roʻyxatini bir joyga toʻpladi.

    'Indoneziyadagi ko‘pki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    Indoneziyadagi ko‘pki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi

    G‘arbiy Yavada yuz bergan fojeadan so‘ng qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni qidirishda davom etmoqda, bedarak yo‘qolganlar ro‘yxati aniqlashtirilmogda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    'Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:00

    Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

    DHX, Bojxona va IIO hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlangan xonadon fosh etildi.