AsosiyDunyo

Rossiyalik propagandachi Markaziy Osiyo davlatlari "o‘z o‘rnini bilishi" kerakligini aytdi

Rossiyaning “Rossiya 1” telekanalida efirga uzatilgan dasturda ishtirok etgan siyosatshunos Sergey Mixeyev Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari tashqi siyosatini tanqid qilib, Moskva ularni “erkalatib yuborganini” bildirdi.

'Rossiyalik propagandachi Markaziy Osiyo davlatlari "o‘z o‘rnini bilishi" kerakligini aytdi'ning rasmi

"Vladimir Solovyov bilan kecha" ko‘rsatuvida so‘zga chiqqan Mixeyev Rossiya mintaqa davlatlarini uzoq yillar qo‘llab-quvvatlab kelgani, biroq bu holat ularning "haddan oshishiga" olib kelganini ta'kidladi. Uning aytishicha, postsovet mamlakatlari bo‘yicha siyosat qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

U Rossiya mehnat migratsiyasi, moliyaviy yordam va boshqa yo‘nalishlarda ko‘plab muammolarni hal qilib berayotganini, biroq baribir "qarzdor" sifatida ko‘rilayotganidan norozi bo‘ldi. Mixeyev bu holatni Ukrainadagi voqealar bilan qiyoslab, shunga o‘xshash xatolar takrorlanmasligi kerakligini bildirdi.

Ko‘rsatuv boshlovchisi Vladimir Solovyov ham usbu fikrlarni qo‘llab-quvvatlab, Moskva mintaqa davlatlarini "erkalatib yuborgani"ni aytdi va ularning "o‘z o‘rnini bilishi" zarurligini ta'kidladi.

Avvalroq Solovyov Markaziy Osiyoni Rossiyaning strategik hududi sifatida atab, Moskva "milliy xavfsizlikni ta'minlash" uchun usbu mintaqada ham Ukrainadagiga o‘xshash "maxsus harbiy operatsiya" o‘tkazishi mumkinligi haqida bayonot bergandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:01

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    28 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi.

    'Oʻzbekistonda 18 ta uyushgan jinoyiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.'ning rasmi

    Dunyo 27.01.2026 16:29

    Oʻzbekistonda 18 ta uyushgan jinoyiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

    Fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlanayotgan 104 ta turli xil qurol, 987 dona o‘q-dori hamda 1,5 kg portlovchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    'Isroil AQSh bilan yangi 10 yillik xavfsizlik kelishuvini muhokama qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 27.01.2026 14:44

    Isroil AQSh bilan yangi 10 yillik xavfsizlik kelishuvini muhokama qilmoqda

    Isroil rasmiylari navbatdagi mudofaa kelishuvi doirasida naqd moliyaviy yordamdan ko‘ra qo‘shma harbiy loyihalarga ustuvorlik berish niyatida.

    'AQShda kuchli qor yog‘ishi oqibatida halok bo‘lganlar soni oshdi'ning rasmi

    Dunyo 27.01.2026 13:07

    AQShda kuchli qor yog‘ishi oqibatida halok bo‘lganlar soni oshdi

    Ayrim hollarda qor tozalovchi mashinalar-piyodalarni urib ketgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 27.01.2026 12:43

    'Deputat sobiq xotinini o‘lasi qilib kaltakladi'ning rasmi

    Dunyo 27.01.2026 05:40

    Deputat sobiq xotinini o‘lasi qilib kaltakladi

    Ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi.