Joriy yil 20 yanvardan mamlakatimizdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida keng ko‘lamli tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmogda.
Ma’lum qilinishicha, 2 600 dan ortiq tezkor tadbirlar davomida 18 ta uyushgan jinoyiy guruh faoliyati to‘xtatilib, 51 ta guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilgan. Shuningdek, fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlanayotgan 104 ta turli xil qurol, 987 dona o‘q-dori hamda 1,5 kg portlovchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bundan tashqari, 123 kg narkotik moddalar, shuningdek, 57 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilmogda.






