AsosiyDunyo

Deputat sobiq xotinini o‘lasi qilib kaltakladi

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi.

'Deputat sobiq xotinini o‘lasi qilib kaltakladi'ning rasmi

Qirg‘iziston parlament deputati Eldar Sulaymonov sobiq rafiqasiga muntazam zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda uning sobiq rafiqasi Asel Azamatova "Threads" ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi, deb yozmoqda BBC nashri.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ular 2016 yilda oila qurgan, dastlabki yillar nisbatan tinch o‘tgan. Biroq ikki yildan so‘ng turmush o‘rtog‘i unga qo‘l ko‘targan. Asel Azamatova zo‘ravonliklarga chidashining sababi — farzandlarini otasiz qoldirmaslik bo‘lgan.

2022 yilda homiladorlik davrida jiddiy kaltaklanib, qon ketishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar homilani saqlab qolish imkoniyati kamligini aytgan. Shu paytda u huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan, ammo keyinchalik erini kechirgan. Zo‘ravonlik davom etgani sababli u uch farzandi bilan ajrashishga majbur bo‘lgan.

Ayolning hikoyasiga ko‘ra, sobiq eri bolalar ta’minotini berishdan bosh tortgan va kundalik hayotni qiyinlashtirgan. 2023 yil 28 iyulda u bolalarni olib ketishga harakat qilganida, Asel xavfsizlik uchun qarshilik ko‘rsatib, ko‘chaga yugurib chiqib, mashinaning oynasini sindirgan. Natijada uni besh oylik bolasi bilan uch sutkaga izolyatorga joylashgan. Keyinchalik sud jarayonlari bo‘lib o‘tgan va ayol aybdor deb topilgan.

2024 yil 6 aprelda Asel Azamatova sobiq turmush o‘rtog‘ining uch farzandi ko‘z o‘ngida uni kaltaklaganini bildirgan va yana militsiyaga murojaat qilgan.

Jog‘orqi Kengesh deputati Eldar Sulaymonov hozircha bu voqea yuzasidan hech qanday izoh bermadi. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Sultan Makilov tekshiruv ishlari boshlangani ma’lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sudlangan chet elliklarga Rossiya fuqaroligi berilmaydi'ning rasmi

    Dunyo 26.01.2026 17:31

    Sudlangan chet elliklarga Rossiya fuqaroligi berilmaydi

    Rossiyada sudlanganligi olib tashlanmagan yoki bekor qilinmagan chet el fuqarolariga Rossiya fuqaroligi, vaqtincha yashash ruxsatnomasi yoki yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqlanishi mumkin.

    'Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘limi ortidan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Dunyo 26.01.2026 17:05

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘limi ortidan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi

    Istanbulda vahshiylarcha o‘ldirilgan 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Durdona Hakimova ishi yuzasidan Turkiyaning Ankara va Istanbul shaharlarida ayollar tomonidan norozilik namoyishlari o‘tkazildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 26.01.2026 16:04

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Dunyo 26.01.2026 11:20

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Hindistonda o‘ta xavfli Nipah virusi tarqaldi'ning rasmi

    Dunyo 26.01.2026 10:08

    Hindistonda o‘ta xavfli Nipah virusi tarqaldi

    Hozircha besh kishi kasallangan, 100 nafar fuqaro karantinga olingan.

    'Venesuela qamoqxonalaridan 600 dan ortiq mahbus ozod qilindi'ning rasmi

    Dunyo 25.01.2026 15:22

    Venesuela qamoqxonalaridan 600 dan ortiq mahbus ozod qilindi

    Muvaqqat prezident Delsi Rodriges dekabr oyidan buyon 626 nafar mahbus qo‘yib yuborilganini ma’lum qildi.