Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda 267 mingdan ortiq nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Yil yakunlariga ko‘ra, nikoh qayd etilganlar orasida eng keksa kuyov 91 yoshda, eng keksa kelin esa 85 yoshda bo‘lgan.
Shuningdek, nikohdan o‘tgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 25 yosh, ayollarniki esa 22 yoshni tashkil etgan. 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida nikohlar soni eng yuqori bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, 30 yoshdan keyin oila qurganlar soni ham oshgani qayd etilgan.
Mutaxassislar bu holatni aholining ta’lim darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari o‘zgarib borayotgani bilan izohlamoqda.






