AsosiyJamiyat

Erandagi norozilik namoyishlarida 30 minggacha odam halok bo‘ldi

Eron bo‘lib o‘tgan omma norozilik namoyishlari vaqtida 30 minggacha odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

'Erandagi norozilik namoyishlarida 30 minggacha odam halok bo‘ldi'ning rasmi

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligidagi ikki nafar yuqori lavozimli rasmiyga tayanib, Time jurnali xabar berdi.

Manbalarning aytishicha, qurbonlar soni favqulodda xizmatlar imkoniyatidan ham oshib ketgan. Xususan, jasadlar uchun mo‘ljallangan maxsus xaltalar yetishmaganligi sababli, tez yordam mashinalari o‘rniga tirkamali texnikalardan foydalanishga to‘g‘ri kelgan.

Eron rasmiylari esa 23 yanvar kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar oqibatida jami 3117 kishi halok bo‘lgan. Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining ta’kidlashicha, ular orasida 2427 nafar tinch aholi vakillari va xavfsizlik xodimlari, shuningdek 690 nafar “terrorchi” bor.

Time nashri keltirilgan 30 minglik raqamni mustaqil manbalar orqali tasdiqlay olmaganini qayd etgan. Biroq jurnalistlar suhbatlashgan shifokorlar va favqulodda xizmat xodimlarining hisob-kitoblari ushbu ko‘rsatkichlarga yaqin ekanligi aytiladi.

Shifokor Amir Parastaning ma’lum qilishicha, u tuzgan hisobotda harbiy shifoxona morglariga olib kelingan jasadlar hamda hisob yuritilmagan hududlardagi qurbonlar inobatga olinmagan. Uning fikricha, real qurbonlar soni e’lon qilinganidan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, AQShda joylashgan Human Rights Activists News Agency (HRANA) 24 yanvar holatiga ko‘ra, norozilik namoyishlari oqibatida kamida 5459 kishining o‘limini tasdiqlagan, yana 17 mingdan ortiq holat tekshirilmogda. Mamlakat bo‘ylab internet va mobil aloqa o‘chirilganligi sababli, qurbonlar sonini aniq aniqlash hozircha qiyinligi ta’kidlanmogda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Erondagi ommaviy norozilik namoyishlariga mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyat sabab bo‘lgan. Rasmiy Tehron tartibsizliklarni tashkil etishda AQSh va Isroilni ayblagan. AQSh prezidenti Donald Trump Eron hukumat namoyishlarni kuch bilan bostirsa, zarba berish bilan tahdid qilgan, biroq ittifoqchilar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng bu fikridan qaytgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:09

    'Toshkentda 4 ta avtomobil to'qnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:59

    Toshkentda 4 ta avtomobil to'qnashdi

    Hodisa ortidan jarohatlanganlar bor.

    'Chiqindi konteynerida o‘zbekistonlik ayolning boshsiz jasadi topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:45

    Chiqindi konteynerida o‘zbekistonlik ayolning boshsiz jasadi topildi

    Istanbul. Millionlar shovqini ichida yana bir inson taqdiri chiqindi konteynerida yakun topdi.

    'AQShda kuchli qor boʻroni ortidan 1 milliondan ortiq uy elektrsiz qoldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:16

    'AI tizimidagi ikki yuqori lavozimli amaldor qamoqqa olingani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 25.01.2026 16:11

    AI tizimidagi ikki yuqori lavozimli amaldor qamoqqa olingani aytilmoqda

    Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari hamda Jazoni ijro etish departamentining sobiq rahbariga nisbatan jinoyiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqaldi.

    '2025 yilda Oʻzbekistonga goʻsht importi keskin oshdi'ning rasmi

    Jamiyat 25.01.2026 13:37

    2025 yilda Oʻzbekistonga goʻsht importi keskin oshdi

    O‘tgan yili O‘zbekistonga mol, qo‘y va tovuq go‘shti importi sezilarli ko‘paydi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.