Joriy yilning 19 yanvar kuniga o‘tar kechasi Toshkentda ko‘p qavatli uylarning biriga erkak noqonuniy kirmoqchi bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan ushbu shaxs qo‘lga olinib unga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 22 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida huquqbuzar I.T.ga oid ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.
Surishtiruv organi tomonidan, fuqaro I.T. 2026 yilning 19 yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumani 11-mavze 37-uy yo‘lagiga kirib, uyning 28 va 33-xonadonlari kirish eshigini bir necha marta kuch ishlatgan holatda ochishga urinib, u yerda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzgan.
Shuningdek, sudlanuvchi jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqarolarning osoyishtaligini buzganligi aniqlandi, holat yuzasidan unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi I.T. MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.






