Davlatimiz rahbari videosyelektor yig‘ilishida yana bir muhim masalaga to‘xtaldi.
Butun respublikada aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha katta tadbir boshlandan.
Hozirgacha jami 7 million 613 ming xonadondan 4 million 776 mingi ro‘yxatdan o‘tdi. Lekin bu boradagi ishlar Toshkent shahri, Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro, Toshkent viloyatida sekin kechmoqda.
“Bunday muhim tadbir 37 yil ichida birinchi marta o‘tkazilyapti.
Ro‘yxatga olish – har bir mahalla, har bir oilaning real holatini aniqlish, kelgusi rejalarni shunga qarab belgilash, eng asosiysi, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi”,
– dedi davlatimiz rahbari va barcha yurtdoshlarimizni ro‘yxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Yig‘ilishda tuman hokimlari, mahalla raislari, hokim yordamchilarining hisobot va takliflari tinglandi.






