AsosiyJamiyat

Energiya resurslaridan samarali va tejamkor tarzda foydalanishni ta’minlash

Энергия самарадорлигини оширишга қаратилган ечимларнинг кенг жорий этилиши натижасида уй хўжаликларининг қарийб 90 фоизи энергия сарфини камайтиришга қаратилган камида битта чора-тадбирни амалга оширган.

'Energiya resurslaridan samarali va tejamkor tarzda foydalanishni ta’minlash'ning rasmi

Ijobiy o‘zgarishlardan biri uy xo‘jaliklarida maishiy darajada energiya tejash choralarini keng joriy etish bo‘ldi.

Eng keng tarqalgan amaliyot LED-yoritish moslamalarini o‘rnatish bo‘lib, uy xo‘jaliklarining 87%i svetodiodli yoritishga o‘tgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Toshkent viloyatlari kabi ayrim hududlarda bunday oilalar soni 90%dan oshdi.

Bundan tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga qiziqish ortib bormoqda.

Tahlil shuni ko‘rsatadiki, aholi o‘rtasida taxminan 1,9 mln uy xo‘jaliklarida quyosh panellarini o‘rnatishga talab mavjud, bu esa qiymati 2,3 mlrd dollardan ortiq ichki bozorni shakllantirish istiqbollarini ochadi.

Shu tariqa, mamlakatimizda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmogda. Bir so‘z bilan aytganda tejamkorlik — qadriyat, urf-odatga aylanishi kerak.

    Boshqa yangiliklar