AsosiySiyosat

Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasi qayta koʻrib chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida zamonaviy tahdidlar sharoitida amaldagi Mudofaa doktrinasi va Milliy xavfsizlik kontseptsiyasini yangilash zarurligini ma’lum qildi.

'Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasi qayta koʻrib chiqiladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga to‘xtaldi.

Yig‘ilishda zamonaviy xavf va tahdidlar mazmuni hamda ko‘lami jadal o‘zgarib borayotgani qayd etilar ekan, davlat rahbari sakkiz yil avval qabul qilingan Mudofaa doktrinasi hamda 1997 yilda tasdiqlangan Milliy xavfsizlik kontseptsiyasini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, yangi Mudofaa doktrinasi O‘zbekistonning hech qaysi harbiy blokka qo‘shilmaslik siyosatiga sodiq qoladi. Hujjatda ko‘p tomonlama diplomatiyani davom ettirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan mudofaa strategiyasini shakllantirish, harbiy mustaqillikni mustahkamlash va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Prezident ta’kidlaganidek, yangilangan doktrina armiyani texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va ilg‘or harbiy yechimlarni joriy etish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:07

    Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida tashkil etilgan Maxsus operatsiyalar kuchlari poligoni faoliyati bilan tanishib, bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini yuqori baholadi.

    'Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.'ning rasmi

    Siyosat 12.01.2026 14:50

    Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.

    “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoni Rossiyaning “ta’sir zonasi” sifatida talqin qilgan chiqishlarini keskin tanqid qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokuratura organlari xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 15:45

    'Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 05:31

    Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor

    Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya bilan harbiy harakatlar to‘xtatilgach, Ukraina hududida tinchlikni ta’minlash maqsadida qo‘shin yuborishga tayyor.

    '“Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?'ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 05:10

    “Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?

    O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ilk katta intervyusida davlat boshqaruvi, islohotlar va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 04:27