AsosiySiyosat

Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoni Rossiyaning “ta’sir zonasi” sifatida talqin qilgan chiqishlarini keskin tanqid qildi.

'Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.'ning rasmi

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov "Solovyov Live" ko‘rsatuvida Armaniston va Markaziy Osiyoni Rossiyaning "ta'sir zonasi" deb atab, ushbu hududlarning "yo‘qolishi" milliy xavfsizlikka tahdid solishini aytgan. U, shu asosda, Rossiya ta'sir doirasida deb hisoblangan boshqa mintaqalarda ham harbiy amaliyotlar o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmagan.

Mazkur bayonotlar ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ularga munosabat bildirgan "Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov rus shovinistik chiqishlar yangilik emasligini, bunday provokatsiyalarga sovuqqonlik bilan yondashish lozimligini ta'kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya OAVlaridagi bunday da'vatlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik ruhiga zid bo‘lib, munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Qodirov Markaziy Osiyo xavfsizlik va barqarorlik hududi ekanligini, qondosh davlatlar har qanday tajovuzga birgalikda javob berishga qodirligini qayd etdi.

"Solovyovning samarasiz chiqishlari uning ojizligi va zaifligidan dalolat beradi, holos", — deya xulosa qildi Alisher Qodirov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokuratura organlari xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 15:45

    'Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 05:31

    Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor

    Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya bilan harbiy harakatlar to‘xtatilgach, Ukraina hududida tinchlikni ta’minlash maqsadida qo‘shin yuborishga tayyor.

    '“Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?'ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 05:10

    “Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?

    O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ilk katta intervyusida davlat boshqaruvi, islohotlar va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 04:27

    'Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizimlar joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat 01.01.2026 10:00

    Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizimlar joriy etiladi

    Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yildan korruptsiyaning oldini olish, ichki nazoratni kuchaytirish va xabar beruvchilarni himoya qilishga qaratilgan qator yangi mexanizmlar ishga tushiriladi.

    'Oʻzbekiston gazo sektoridagi vaziyatni insonparvarlik fojiasi deb baholadi'ning rasmi

    Siyosat 31.12.2025 16:58

    Oʻzbekiston gazo sektoridagi vaziyatni insonparvarlik fojiasi deb baholadi

    Tashqi ishlar vazirligi mintaqadagi ziddiyatlarni kuzatib borayotganini bildirar ekan, O‘zbekiston insonparvarik yordamini davom ettirish va tinchlikni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.