Bu haqda Strategik islohotlar agentligi tomonidan tayyorlangan tegishli loyihada ma'lum qilindi.
Hujjatga ko‘ra, ichimlik suvi xizmatlaridan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega aholi ulushi 2026 yilda 82 foizga, 2027 yilda 83 foizga, 2028–2029 yillarda 84 foizga, 2030 yilga kelib esa 85 foizga etkaziladi. Shu bilan birga, 2030 yilgacha barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini toza ichimlik suvi hamda zamonaviy sanitariya infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlanadi.
Shuningdek, suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish, barcha iste’molchilarni hisoblagichlar bilan qamrab olish, yerosti suv sathi muammoli bo‘lgan maydonlarni qisqartirish hamda yirik suv inshootlarini kengaytirish rejalashtirilgan.






