AsosiyJamiyat

Россия томонида жанг қилган ўзбекистонликка суд ҳукми ўқилди

Россия томонида жанг қилган андижонлик фуқарога 2 йил озодликни чеклаш жазоси тайинланди.

'Россия томонида жанг қилган ўзбекистонликка суд ҳукми ўқилди'ning rasmi

Rossiyada qamoq jazosidan qutulish evaziga Rossiya—Ukraina urushida qatnashgan andijonlik fuqaroga sud hukmi o‘qildi.

Aniqlanishicha, Andijon shahrida yashovchi I.X. 2022 yilning dekabr oyida ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga borib, Moskva va Chelyabinsk shaharlarida “Yandeks” platformasi orqali yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullangan. I.X. 2023-yilning yanvar oyida giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyat uchun Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘lga olingan va Chelyabinsk shahar sudi hukmi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Jazoni o‘tash jarayonida u Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etish orqali jazodan qutulish imkoniyati borligi haqida taklif olgan va 2024 yilning avgust oyida Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzib, oddiy askar sifatida harbiy xizmatga kirishgan. O‘sha yilning avgust–sentabr oylarida Donetsk shahrida olib borilgan janglarda o‘ziga biriktirilgan AK-74 o‘qotar quroli bilan ishtirok etgan. Janglardavomida snaryad portlashi oqibatida og‘ir tan jarohatlari olgan.

Sud-tibbiy ekspertizasiga muvofiq, ayblanuvchi umumiy mehnat qobiliyatining uchdan biridan ko‘prog‘ini doimiy ravishda yo‘qotgan, chap oyog‘iga “Ilizarov” apparati o‘rnatilgan. Jaroxatlardan so‘ng I.X. Rossiya Federatsiyasiga qarashli harbiy gospitalarda uzoq muddat davolangan.

2025 yilning sentyabr oyida I.X. O‘zbekiston Respublikasining konsullik hujjatlari asosida Andijonga qaytib kelgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudi tomonidan I.X. Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Biroq Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan mazkur jazo shartligiga almashtirilib, unga 2 yillik sinov muddati — ozodlikni cheklash (uy qamog‘i) jazosi belgilandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq davlatlariga hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:08

    Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq davlatlariga hamdardlik bildirdi.

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qator Yaqin Sharq davlatlari rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:43

    Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

    Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

    'Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 01.03.2026 15:01

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi

    Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 01.03.2026 14:14

    'Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 01.03.2026 13:42

    Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi

    Xususan, 2026 yil 2 mart kuni rejalashtirilgan Toshkent-Jidda reysi ham ma'lum muddatga qoldirildi.

    'Oʻzbekistonda 22 ta narkojinoyiy guruh fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.03.2026 11:17

    Oʻzbekistonda 22 ta narkojinoyiy guruh fosh etildi

    2026 йилнинг январ-феврал ойларида Ўзбекистон Ички ишлар вазирлиги маълумотига кўра, наркотикларни ўтказиш ва тарқатиш билан шуғулланувчи 22 та уюшган гуруҳ фаолияти тўхтатилди.