Sammit Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Turkmanboshi shahridagi Avaza milliy sayyohlik zonasida tashkil etiladi. Bu haqda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhammadov Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali suhbat chog‘ida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Avaza hududi yirik xalqaro forumlarni o‘tkazish uchun barcha zarur infratuzilmaga ega. Shuningdek, 2026 yildan MDHga raislik qiluvchi davlat sifatida Turkmaniston Parlamentlararo Assambleya va demografik masalalar bo‘yicha tadbirlarga ham tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, MDH Davlat rahbarlarining avvalgi sammiti 2025 yil 10 oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.






