Germaniyada o‘g‘rilar Sparkasse fondiga tegishli bankda juda puxta rejalashtirilgan talonchilikni amalga oshirdi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar katta drell yordamida seyf xonasini teshib, pul, oltin va taqinchoqlar saqlangan 3 mingdan ortiq shaxsiy seyflarni ochgan.
Hodisa 29 dekabr kuni tongda yong‘in signalizatsiyasi ishga tushganidan so‘ng aniqlandi. O‘g‘rilar "tinch Rojdestvo kunlari"dan foydalanib, bankka yonidagi avtoturargoh orqali kirib, shu yo‘l bilan qochib ketgan. Videokuzatuv kameralarida garajdan qora rangli Audi RS 6 avtomobili chiqib ketgani qayd etilgan.
Hozircha jinoyatga aloqador shaxslar qo‘lga olinmagan. Politsiya usbu talonchilikni "juda professional darajada" amalga oshirilgan deb baholamoqda. Bank esa zarar ko‘rgan mijozlarni murojaat qilishga chaqirib, maxsus ishonch telefonini ishga tushirgan.






