AsosiySiyosat

Yangi yil munosabati bilan minglab bolalar uchun bank depozitlari ochildi

Prezident topshirig‘i bilan “Prezident archasi” doirasida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi.

'Yangi yil munosabati bilan minglab bolalar uchun bank depozitlari ochildi'ning rasmi

Har bir hisob raqamiga davlat tomonidan 500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ joylashtirildi.

Prezident topshirig‘i asosida Yangi yil munosabati bilan o‘tkazilgan “Prezident archasi” tadbiri doirasida 0–17 yoshdagi 8 ming nafardan ortiq yetim hamda ota-ona qaramo‘g‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi. Har bir hisob raqamiga davlat tomonidan 500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ joylashtirilib, u yildan-yilga kapitalizatsiya hisobiga oshib boradi.

Mazkur mablag‘lardan bolalar 18 yoshga to‘lgach foydalanish huquqiga ega bo‘lib, mustaqil hayotga qadam qo‘yish uchun muhim moliyaviy tayanchga ega bo‘ladi.

Shuningdek, 9 yoshdan katta bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Ushbu kartalar orqali jamoat transportidan imtiyozli foydalanish, to‘lovlarni amalga oshirish, shaxsni tasdiqlash hamda ijtimoiy yordam va xizmatlardan foydalanish mumkin. Barcha operatsiyalarni “Baraka” mobil ilovasi orqali nazorat qilish imkoni mavjud.

Qo‘llab-quvvatlash mahallalarda yashovchi yetim bolalar, mehribonlik uylari va SOS bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, ota-onalari Vatan himoyasida halok bo‘lgan hamda “Taskin” bolalar xospisida davolanayotgan bolalarni qamrab oladi. “Taskin” xospisidagi bolalar uchun depozit mablag‘laridan zaruratga ko‘ra istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati ham belgilangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Qurilish vazirligining Yangi Toshkentdagi yangi binosini koʻzdan kechirdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 10:51

    Prezident Qurilish vazirligining Yangi Toshkentdagi yangi binosini koʻzdan kechirdi

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida barpo etilgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosi hamda zamonaviy infratuzilma obyektlari bilan tanishdi.

    'Mirziyoyev Putin bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Siyosat Bugun 09:46

    Mirziyoyev Putin bilan nimani muhokama qildi?

    O‘zbekiston yetakchisi Rossiya rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'CNN телеканали Янги йил эфир дастурида Ислом цивилизацияси маркази ҳақида ҳикоя қилмоқда'ning rasmi

    Siyosat Bugun 05:49

    CNN телеканали Янги йил эфир дастурида Ислом цивилизацияси маркази ҳақида ҳикоя қилмоқда

    Xalqaro CNN telekanali O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bag‘ishlangan yarim soatlik hujjatli filmni namoyish etdi.

    'Trump va Netanyahu Gʻazodagi tinchlikning 2-bosqichini kelishib olmoqchi'ning rasmi

    Siyosat 29.12.2025 08:46

    Trump va Netanyahu Gʻazodagi tinchlikning 2-bosqichini kelishib olmoqchi

    AQSh Prezidenti va Isroil Bosh vaziri "Mar-a-Lago" qarorgohida muzokara o'tkazadi, asosiy mavzu - G'azodagi tinchlik kelishuvi ikkinchi bosqichi.

    'Suriyada juma namozi vaqtida masjid portlatildi, qurbonlar bor'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2025 13:43

    Suriyada juma namozi vaqtida masjid portlatildi, qurbonlar bor

    Homs shahridagi masjidlardan birida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq fuqaro jarohat oldi.

    'Oʻzbekiston iqtisodiyoti texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtmoqda'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2025 12:21

    Oʻzbekiston iqtisodiyoti texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtmoqda

    Yurtimizdagʻi qulay biznes muhiti, demografik oʻsish, inson kapitaliga berilayotgan eʻtibor – Oʻzbekistonni investorlar uchun eng jozibador mamlakatlardan biriga aylantirmoqda.