AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev “Arqadag‘” bilan nimani muhokama qildi?

O‘zbekiston etakchisi Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi telefon orqali gaplashdi.

'Shavkat Mirziyoyev “Arqadag‘” bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali mulogoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida yetakchilar bir-birlarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, ikki mamlakatning qardosh xalqlariga tinchlik, farovonlik va rivoq tiladi. Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham samimiy salomini yo‘lladi.

“O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Barcha darajalardagi mulogotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi jadal o‘sib bormoqda. Energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida hamkorlik kengaymoqda. “Shovot-Toshhovuz” chegarasavdo zonasi ishga tushirildi. Hududlararo, ishbilarmonlik, madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning asosiy masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan. Shavkat Mirziyoyev Avazada yirik sammitlar, Ashxobodda Turkmaniston betarafligining 30 yilligi hamda “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” munosabati bilan tashkil etilgan forum muvaffaqiyatli o‘tkazilganini alohida ta’kidladi.

Kelgusi yilda bo‘lajak uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy tadbirlarni birgalikda o‘tkazishni davom ettirishga kelishib olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev Nazarboyevni Yangi yil bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:19

    Mirziyoyev Nazarboyevni Yangi yil bilan tabrikladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Milliy brendimiz — "Premier" poytaxtning eng gavjum nuqtalarida biron-ta nosozliksiz bir million daqiqa davomida to'xtovsiz faoliyat ko'rsatdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    Milliy brendimiz — "Premier" poytaxtning eng gavjum nuqtalarida biron-ta nosozliksiz bir million daqiqa davomida to'xtovsiz faoliyat ko'rsatdi.

    Oʻzbekiston sanoat va ishlab chiqarish sohasida bugun shunchaki oʻsish emas, sifat hamda chidamlilik borasida xalqaro standartlarga toʻliq moslashish davrini ham boshdan kechirmoqda.

    'Andijonda Ukrainada Rossiya tomonda jang qilgan fuqaro sudlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:53

    Andijonda Ukrainada Rossiya tomonda jang qilgan fuqaro sudlandi

    25 yoshli I.X.giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanish va Ukrainada Rossiya tomonda qatnashganligi uchun sud qarorga erishdi.

    'Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:00

    Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

    Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

    'Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2,8 mingdan ortiq holat aniqlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2,8 mingdan ortiq holat aniqlandi.

    Noqonuniy isteʼmol oqibatida davlat manfaʼatlariga 1,2 trillion soʻmdan ziyod zarar yetkazilgani maʼlum qilindi.

    'Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora olayotganda ushlangan.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:01

    Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora olayotganda ushlangan.

    Bo‘stonliq tumanida yer hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 5 ming dollar talab qilgan xodim qo‘lga olindi.