AsosiySiyosat

Trump va Netanyahu Gʻazodagi tinchlikning 2-bosqichini kelishib olmoqchi

AQSh Prezidenti va Isroil Bosh vaziri "Mar-a-Lago" qarorgohida muzokara o'tkazadi, asosiy mavzu - G'azodagi tinchlik kelishuvi ikkinchi bosqichi.

'Trump va Netanyahu Gʻazodagi tinchlikning 2-bosqichini kelishib olmoqchi'ning rasmi

29 dekabr kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uchrashuv o‘tkazadi. Muloqotning asosiy mavzusi – G‘azodagi tinchlik kelishuvi ikkinchi bosqichini kelishish bo‘ladi. Muzokaralar Trampning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Dastlabki tinchlik kelishuvi oktyabr oyidan buyon amal qilmoqda, ammo oxirgi paytlarda tomonlar bir-birini shartlarni buzishda ayblab, jarayon sekinlashgan. Ikkinchi bosqich 20 banddan iborat murakkab rejani o‘z ichiga oladi va BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma’qullangan, u Hamasning Gazodagi hukmronligini tugatishni ko‘zda tutadi.

Muzokaralarda G‘azoga bevosita aloqasi bo‘lmagan masalalar, jumladan, Eron masalasi ham ko‘tarilishi mumkin. Tashabbus doirasida Tramp boshchiligidagi "Tinchlik kengashi" tomonidan xalqaro nazorat ostida qurolsizlantirilgan Gazoni tiklash, Falastinliklar esa "texnokratik va siyosatdan xoli" qo‘mita tuzish orqali kundalik boshqaruvni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashabbus Isroil va arab davlatlari munosabatlarini normallashtirish hamda Falastin mustaqilligiga erishish yo‘llarini izlashga qaratilgan, ammo Gazoni tiklash, Hamasni qurolsizlantirish va "xalqaro barqarorlashtirish kuchlari"ni shakllantirish kabi murakkab logistika va gumanitar masalalar hali ham mavjud.

Uchrashuv Trampning maxsus vakili Steve Witkoff va kuyovi Jared Kushnerning yaqinda Misr, Qatar va Turkiya rasmiylari bilan maslahatlashuvlaridan keyin bo‘lmog‘da. Netanyaxu esa Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davomida Oq uyda u bilan uchrashgan birinchi xorijiy yetakchi bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.'ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 15:30

    Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.

    Prezident Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 14:28

    'Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi'ning rasmi

    Siyosat 24.02.2026 14:24

    Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrifda bo‘lib turgan Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin bilan uchrashdi.

    'Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 04:59

    Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi

    Qozog‘iston ham Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.

    'Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 00:45

    Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston prezidenti Vashingtondagi sammitda nutq so‘zlab, qator uchrashuvlar o‘tkazdi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

    'Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 19.02.2026 18:30

    Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi

    Oʻzbekiston prezidenti sammitda Gʻazonni tiklash va mintaqada barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha mamlakat pozitsiyasini bildirdi.