AsosiyJamiyat

Rossiyadan olib kelingan 2,3 kg sintetik narkotik modda toʻxtatib qolindi

Toshkent viloyatida Rossiyadan olib kelinayotgan yirik miqdordagi sintetik narkotik modda kontrabandasi fosh etildi.

'Rossiyadan olib kelingan 2,3 kg sintetik narkotik modda toʻxtatib qolindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Navoiy” chegarа bojxona posti orqali kirib kelgan Lada Largus avtomashinasi tekshirildi. Natijada yukxonadagi uzatmalar qutisi ichiga yashirilgan holda 2 kg 300 gramm “mefedron” narkotik moddasi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur yuk Buxoro viloyatida yashovchi haydovchi tomonidan Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan shaxsga etkazilishi kerak edi. Tezkor tadbir davomida buyurtmani qabul qilgan shaxs ham qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

    Boshqa yangiliklar