24 dekabr kuni “Andijon” OFK Chempionlar ligasi–2 guruhi bosqichi 6-turida Qatarda “Al-Ahli” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv 0:2 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Al Tumama” stadionidagi bahsda Michel Vlap 26-daqiqada hisobni ochdi, ikkinchi bo‘limda esa (65-daqiqa) yana bir gol muallifiga aylandi. Shu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.
Mag‘lubiyatdan so‘ng “Andijon” “B” guruhida 6 o‘yinda 5 ochko jamg‘arib, so‘nggi o‘rinni egalladi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida raqib ustun bo‘lganini ta’kidladi.






