AsosiyDunyo

Inson a'zolari savdosida gumonlanuvchi ukrainalik ayol Qozog'istonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro jinoyiy guruh faoliyati oqibatida bir qator davlatlar, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari ham jabrlanganligi maʼlum qilindi.

'Inson a'zolari savdosida gumonlanuvchi ukrainalik ayol Qozog'istonga ekstraditsiya qilindi'ning rasmi

Inson aʼzolari savdosida gumon qilinayotgan Ukraina fuqarosi Polsha hududidan Qozogʻistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, usbu ayol 2017–2018 yillarda inson aʼzolarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shugʻullangan xalqaro uyushgan jinoyiy guruh tarkibida faoliyat olib borgan. Tergov materiallarida qayd etilishicha, jinoyiy guruh tirik insonlarning tana aʼzolari savdosi boʻyicha jami 56 ta noqonuniy bitimni amalga oshirgan.

Mazkur bitimlar doirasida transplantatsiya amaliyotlari Qozogʻistonning sogʻliqni saqlash muassasalarida oʻtkazilgani aniqlangan. Gumonlanuvchi joriy yil mart oyida Polshada qoʻlga olingan.

Polsha huquq-tartibot organlari taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, jinoyiy guruh faoliyati oqibatida Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston hamda Tailandning jami 56 nafar fuqarosi jabrlangan va ulardan buyraklar noqonuniy ravishda olib qoʻyilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:46

    'Трамп Украина можаросини бир ойда тугатмоқчи, Зеленский эса бошқа муддатни таклиф қилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:58

    Трамп Украина можаросини бир ойда тугатмоқчи, Зеленский эса бошқа муддатни таклиф қилди

    AQSh prezidenti mojaroni tezroq yakunlash tarafdori ekanini bildirgan, Ukraina rahbari esa bu borada boshqacharoq fikr bildirgan.

    'Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 25.02.2026 13:24

    Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin

    Илон Маск Мексика президентини наркокартеллар билан алоқадорликда айблаганидан кейин ҳукумат ҳуқуқий чоралар масаласини кўриб чиқмоқда.

    'Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi'ning rasmi

    Dunyo 25.02.2026 12:40

    Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi

    Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, uning qizi Kim Ju Ye raketa dasturi bilan bog‘liq yuqori lavozimni egallagan va harbiylarga ko‘rsatmalar bermoqda.

    '10 kunlik ultimatum: Donald Trump Erondi kelishuv yoki zarba o'rtasida tanlovga majbur qilmogda'ning rasmi

    Dunyo 25.02.2026 06:56

    ''ning rasmi

    Dunyo 24.02.2026 14:27