AsosiyJamiyat

Surxondaryoni tez o‘suvchi hududga aylantirish vazifasi qo‘yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining iqtisodiy salohiyatini to‘liq ishga solish, investitsiya va eksport hajmini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

'Surxondaryoni tez o‘suvchi hududga aylantirish vazifasi qo‘yildi.'ning rasmi

24 dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘nggi sakkiz yilda viloyatga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilgani, 4 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilgani qayd etildi.

Joriy yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi 17,2 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, qashshoqlik darajasi 9,3 foizdan 5,6 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda.

Shu bilan birga, Surxondaryoning sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida imkoniyatlari to‘liq ishga solinmayotgani tanqid qilindi. Viloyatda mavjud qazilma boyliklar 600 milliard dollarga baholansa-da, ularning atigi kichik qismi o‘zlashtirilgan.

Yig‘ilishda kelgusi yilda 3,2 milliard dollarlik 91 ta loyiha boshlash, infratuzilmaga qo‘shimcha mablag‘ ajratish, turizm va qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish vazifalari belgilandi.

Davlat rahbari Surxondaryoni investitsiya, ish o‘rinlari va eksport sur’atlari eng tez o‘sadigan hududlardan biriga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xayrullo Ibadullayevga Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonada “Jasorat” medali topshirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:17

    Xayrullo Ibadullayevga Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonada “Jasorat” medali topshirildi.

    Tadbırda so‘zga chiqqan Hayrullo Ibadullayev usbu yuqsaq e’tirof uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, bunday vaziyatda har bir o‘zbek farzandi bolaning hayotini saqlab qolish uchun shunday yo‘l tutishi tabiiy ekanini ta’kidladi.

    'Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oʻtamurod Raimboevga BYD Chazor avtomobili sovgʻa qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:35

    'Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi

    Birinchi bosqichda 616 mingdan ortiq oila davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    'Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi

    Gumonlanuvchilar giyohvand moddalarni bot orqali sotib, belgilangan joylarga yashirib qoldirgan.

    'Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW’da YPI inspektorini urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:10

    Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW’da YPI inspektorini urib yubordi

    Voyaga yetmagan haydovchi avtomobilni guvohnomasiz boshqargan. Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi.