O‘zini o‘zi deportatsiya qilish uchun ariza topshirib, mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etgan noqonuniy migrantlarga 3000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ to‘lanadi. Ushbu chora 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Bu haqda Zamon.uz nashri ma’lum qildi.
Vazir ta’kidlashicha, mazkur qaror Rojdestvo va Yangi yil bayramlari arafasida hujjatsiz muhojirlarni soliq to‘lovchilar mablag‘i hisobidan mamlakatda ushlab turish xarajatlarini kamaytirish hamda ularning o‘z xohishi bilan chiqib ketishini jadallashtirish maqsadida joriy etilgan. Qayd etilishicha, yangi rag‘batlantirish miqdori avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan uch baravar oshirilgan.
Avvalroq AQSh Ichki xavfsizlik departamenti noqonuniy muhojirlarni mamlakat hududini ixtiyoriy ravishda tark etishga chaqirgan edi. Shuningdek, ayrim shaharlarda migratsiya qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan nazorat choralari kuchaytirilgani haqida ham xabarlar tarqalgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tashabbus noqonuniy migratsiya oqimini kamaytirish va ma’muriy xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan.






